Tasnif
Folixidil 5% – Soch to’kilishi kuchaygan va kallikning dastlabki bosqichlarida, shuningdek yuzda yangi tuklarning (soqol, mo’ylov) o’sishi uchun mo’ljallangan. Taʼsir etuvchi modda – Minoksidin + Minoksidil Formula Azelain kislota va retinol bilan to’ldirilgan.
- Italiyada chiqarilgan
- Hajmi – 50 ml.
- Toʻplamda maxsus pipetka-dozator va foydalanish bo’yicha yoriqnoma mavjud
Folixidil 5% – alopesiyaga qarshi kurashish uchun mo’ljallangan vosita. Italiya farmakologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va patentlangan. Mahsulot dermatologlar tomonidan tasdiqlangan va Yevropa Ittifoqi standartlariga mos keladi. Soqol o’sishida ham foydalanish mumkin.
Vositaning tarkibi
Minoksidil. Asosiy taʼsir etuvchi modda. Bu vazodilatatorlarga tegishli, ya’ni teridagi qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa faol follikulalarning oziqalanishini va sochlarning tuzilishini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari, minoksidil uyqudagi soch follikulalarini uyg’otishga yordam beradi.
Azelain kislotasi. Dermatologiyada keng ta’sir doirasiga ega: antiseboreik, yallig’lanishga qarshi, zamburugʻlarga qarshi. Biroq, alopesiyaga qarshi kurashda ham zarurdir, chunki u minoksidil ta’sirini kuchaytiradi va antiandrogen ta’sirni namoyon etadi.
Borago moyi. Uning tarkibida boshqalarga alishitirib boʻlmaydigan Omega-6 to’yinmagan yog ‘kislotalariga tegishli gamma-linolenik kislotaning yuqori konsentratsiyasi mavjud. Bundan tashqari, u androgen gormonlarini ishlab chiqarishni sekinlashtiradi va shu bilan sochlarning to’kilishini oldini oladi.
Propilenglikol. Faol komponentlarning teriga kirib borishini yengillashtiradigan vosita.
Etil spirti. Antiseptik.
Foydalanish bo’yicha yoriqnoma
Folixidil losyon 5% alopesiyaning har qanday bosqichida qoʻllaniladi , juda rivojlangan yoki diffuz alopesiyadan tashqari. Bunday holatlarda minoksidilning yuqori konsentratsiyasi bo’lgan mahsulotlarni qo’llash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ushbu folixidilni soqolni o’stirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Mahsulotni ishlatishda cheklovlar koʻp emas – uning komponentlariga allergik reaksiya va yoshga mos kelmaslik(voyaga yetmaganlar tomonidan foydalanish tavsiya etilmaydi).
Losyondan toʻgʻri foydalanish
Ko’rsatma juda oddiy. Terining muammoli joylariga 1 ml mahsulotning bir tomchisini surtib, 4 soat davomida suv bilan yuvmaslikka va artmaslik kerak. Kuniga ikki marta qo’llang.
Qoʻllash mumkin bo’lmagan holatlar
- Mahsulot komponentlarini shaxsiy oʻzlashtira olmaslik.
- 18 yoshdan kichik boʻlganlar
Ogohlantirish
Muammoli yuzada chandiqlar bo’lsa, losyonni qoʻllash samara bermaydi, chunki bunday hollarda soch follikulalari odatda o’ladi va ularni tiklash mumkin emas.
Buyurtma uchun vaqtingiz yo’qmi?
- 1 bosish buyurtma
- Yoki mutaxassis bilan suhbatlashing
Quyidagi shaklni to’ldiring