Foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar. Minoksidilni qanday qo’llash kerak?

Minoksidil nima?

KIRKLAND MINOXIDIL 5% – bu soch follikulalarini faollashtirishga qaratilgan sochlarni osish  va tiklash uchun samarali, klinik jihatdan tasdiqlangan kosmetik mahsulot. Sochn osish  bo’yicha birinchi AQSh oziq-ovqat va dorilar boshqarmasi (FDA) tomonidan tasdiqlangan va sertifikatlangan mahsulot.

Qo’llash uchun ko’rsatmalar:

KIRKLAND MINOXIDIL 5% Bu androgen alopesiya ( soch yupqalanishi va to’kilishi) erkaklarda va ayollarda  davolantirish uchun qo’llanadi.E rkaklarda androjenik alopesiya alomatlari bu boshning yuqori qismida soch to’kilishi va peshonaning qirralari bo’ylab sochlarning yamoqlari, ayollarda, o’rta qismida soch to’kilishi. KIRKLAND MINOXIDIL 5%, shuningdek  mo’ylov va soqolning sochlari o’sishi va mustahkamlash uchun qo’llaniladi.

Qanday qilib qo’llash kerak?

KIRKLAND MINOXIDIL 5% faqat tashqi foydalanish uchun mo’ljallangan. Quruq bosh terisiga qo’llang. Soch to’kilish joyida pipetka yoki purkagich yordamida (ikkinchisi alohida sotib olinadi) kuniga 2 marta 1 ml dan qo’llaniladi (ertalab va kechqurun).

Yuvib tashlamang. Surtganingizdan keyin qurishini kuting. KIRKLAND MINOXIDIL 5% ni kuniga 2 ml dan ko’p foydalanmang va o’tkazib yuborilgan kun uchun dozasini oshirib qo’ymang. Yuqori samaraga erishish uchun kamida 6 oy davomida KIRKLAND MINOXIDIL 5% 2mldan har kuni doimiy foydalanish kerak.

Mumkin bo’lgan yon ta’siri:

KIRKLAND MINOXIDIL 5% losyonidan foydalanishning dastlabki 4-8 haftasi soch to’kilish jarayoniga olib kelishi mumkin (sochlarning tushishi) – eski, zaif sochlar tusha boshlaydi va ularning o’rnida yangi va kuchli sochlar o’sadi. Agar yuzingizda shishish paydo bo’lsa, KIRKLAND MINOXIDIL 5% kuniga 1 marta qo’llanishi zarur. Agar terida allergik toshma paydo bo’lsa, vo’sitaning tarkibidagi spirtning moslashishini kutib turing va KIRKLAND MINOXIDIL 5% dan foydalanishni davom eting. 2-3 hafta o’tgach, teri odatlanib qoladi va allergik toshmasi o’tadi. Agar hohlasangiz, siz KIRKLAND MINOXIDIL 5% ni qo’llaganingizdan 2-3 soat o’tgach, yog’li bolalar kremi yoki boshqa namlantiruvchi teri kremini ishlatishingiz mumkin. Agar terining allergik bo’lmagan qizarish paydo bo’lsa, tashvishlanmang – bu soch follikulalarida qon aylanishining yaxshilanishining belgisidir.

Effektni qachon kutish kerak?

Sochni tiklash vaqti har bitta klientning har xil bo’ladi, lekin mahsulotdan uzoq muddat  foydalanish bilan uqori ta’sirga erishish mumkin. Asosiy foydalanish kursi kamida 6 oy bo’lishi kerak. Biroq, birinchi natijalarni KIRKLAND MINOXIDIL 5% 8-12 xafta ishlatgandan keyin ko’rish mumkin. Soch follikullarini tiklash jarayoni mahsulotdan har kuni 4-6 oy davomida foydalanishdan keyin boshlanadi.

Effektni qanday yaxshilash mumkin?

Soch to’kilishini har tomonlama va samarali davolash uchun,hamda mo’ylov va soqol o’sishiga ta’sir qilish uchun KIRKLAND MINOXIDIL 5% ni vitamin-mineral komplekslari – Omega-3, Biotin, Sink bilan birgalikda  foydalanishni tavsiya etamiz.   Teri kapillyarlarini uchun Mezoroller (Dermaroller) dan foydalanish sezilarli va samarali ta’sir ko’rsatadi. Natijalarni uzoq muddatli qilish uchun biz yuqorida keltirilgan vitamin va mineral komplekslar bilan birgalikda KIRKLAND MINOXIDIL 5% kurslarini  takrorlashni tavsiya etamiz. 

Ogohlantirishlar:

Ko’zga kirganda ko’p miqdorda sovuq suv bilan yuvib tashlang. Xona haroratida bolalardan uzoq joyda saqlang. Quyosh nurlaridan saqlang. Yonuvchan! Olovdan uzoqroq tuting. Salomatingiz holatida yoki zararli ta’sirlarning paydo bo’lishiga shubhangiz mavjud bo’lsa, preparatni qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashingiz kerak

 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

KIRKLAND MINOXIDIL 5% yallig’lanish, infektsiya ,shu jumladan terining kuyish bo’lgan holatrarda qo’llash mumkin emas. Mahsulotning tarkibiy qismlariga allergiya, shuningdek 18 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollarga qo’llash mumkin emas. Agar allergik reaktsiya bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashing. KIRKLAND MINOXIDIL 5% ni yurak-qon tomir tizimi patologiyalarida ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak, chunki  mahsulot bosimning pasayishiga olib kelishi mumkin. Soch to’kilishining sabablari haqida  bilmasangiz , yoki ishonchingiz komil bo’lmasa, biz mutaxassis bilan maslahatlashishni maslahat beramiz.